KEYVO

Barcha maqolalar

Klaviaturalar: turlari, o'lchamlari va farqlari

Klaviaturalar mexanizm, o'lcham, shakl va ulanish bo'yicha qanday turlarga bo'linadi — tanlashdan oldin bilish kerak bo'lgan hamma narsa.

"Klaviatura" deganda ko'pchilik bitta narsani tasavvur qiladi, aslida esa klaviaturalar to'rt jihat bo'yicha farqlanadi: mexanizm, o'lcham, shakl va ulanish. Har birini alohida ko'ramiz.

1. Mexanizm bo'yicha

  • Membranali. Rezina qatlamli, arzon va jim. Ofis klaviaturalarining ko'pi shu.
  • "Qaychi" mexanizmli. Yupqa, yo'li qisqa — noutbuklardagi kabi.
  • Mexanik. Har tugmada alohida switch. Aniq his va uzoq xizmat.

Ikki asosiy turning farqi: mexanik va membranali klaviatura.

2. O'lcham bo'yicha

O'lchamTugmalar soni (taxminan)Nimasi yo'q
To'liq (100%)104Hammasi bor
TKL (80%)87Raqamli blok
75%84Raqamli blok, tugmalar zichroq
65%68F-qator
60%61F-qator va strelkalar
40%40–47Raqamlar qatori ham

Qoida oddiy: klaviatura qanchalik kichik bo'lsa, sichqoncha shunchalik yaqin turadi va yelka kamroq cho'ziladi. Lekin yo'q tugmalar tugma birikmalari orqali bosiladi — bunga ko'nikish kerak.

Raqamlar bilan ko'p ishlasang (buxgalteriya, jadvallar) — to'liq o'lcham. Asosan matn va kod — TKL yoki 75%.

3. Shakl bo'yicha

  • Oddiy. To'g'ri to'rtburchak, hamma tanigan shakl.
  • Ergonomik yaxlit. Tugmalar o'rtadan ikki tomonga burilgan.
  • Split. Ikki alohida yarim. Batafsil: split klaviatura nima.
  • Ustunli. Tugmalar qiya qatorlarda emas, to'g'ri ustunlarda.

4. Ulanish bo'yicha

UlanishAfzalligiKamchiligi
Simli (USB)Barqaror, zaryad kerak emasStolda sim
Simsiz, USB-qabul qilgichKechikish kamBitta USB port band
BluetoothBir necha qurilmaga ulanadiBa'zan uzilishi mumkin, zaryad kerak

Qayerdan boshlash

Avval nima ish qilishingni, keyin stolingda qancha joy borligini, oxirida byudjetni aniqlab ol. Shu tartibda yurish uchun: klaviatura tanlash bo'yicha 7 savol. Narxlar bo'yicha yo'nalish: klaviatura narxlari.

Harflar va tugmalar joylashuvi

Bir xil o'lchamdagi klaviaturalar ham tugmalar shakli bilan farq qilishi mumkin: ba'zilarida Enter keng va past, boshqalarida baland va tor. Bunga ko'nikkan bo'lsang, boshqasiga o'tganda bir necha kun adashasan — olishdan oldin rasmga yaxshilab qara.

Tugmalardagi harflarni ham tekshir: chetdan kelgan modellarda ko'pincha faqat ingliz harflari bo'ladi.

Qo'shimcha imkoniyatlar

  • Hot-swap — switchlarni qo'lda almashtirish.
  • Dasturlanadigan tugmalar — tugmalarga o'z vazifangni berish, makro va qatlamlar.
  • Yoritish — qorong'ida qulay, lekin yozish sifatiga ta'sir qilmaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Ish uchun qaysi o'lcham qulay?
Matn va kod uchun ko'pincha TKL yoki 75% tanlanadi: kerakli tugmalar joyida, sichqoncha esa yaqin.

Kichik klaviaturada strelkalar va F-tugmalar qanday bosiladi?
Fn tugmasi bilan birikma orqali. Bir-ikki haftada odat bo'lib qoladi.

Simsiz klaviatura sekinroq ishlaydimi?
Yozishda farq sezilmaydi. O'yinlarda simli yoki USB-qabul qilgichli model afzal.

Mexanik klaviatura har qanday o'lchamda bo'ladimi?
Ha — to'liq o'lchamdan eng kichik va split modellargacha. Mexanizm haqida: mexanik klaviatura nima.

KEYVO split klaviaturalari haqida savoling bo'lsa, Telegram'da yoz: @keyvo_uz.